2024- yilning yanvar-mart oylarida Chust tumanida asosiy kapitalga 617,5 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 165,3 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan investitsiyalar hajmi 2156,8 ming so'mga yetgan. Shuningdek, investiyiya dasturi doirasida 2024- yilning yanvar-mart oylarida Chust tumanda 21,0 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.