12/06/2024

2024- yilning yanvar-martida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 58,7 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 45,3 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvarmartida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Norin, Mingbuloq tumanlarida– 100,0 %, Pop tumanida – 85,1 %, Namangan shahrida – 58,2 %, Uychi tumanida – 57,8 %, Namangan tumanida – 46,8 % ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich Uchqo‘rg‘on tumanida – 4,7 % ni tashkil etdi.