12/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Mingbuloq tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 189,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 2,3 %i yirik korxonalar hamda 97,7 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 1 mln 382,6 ming so‘mni tashkil etgan.