2024- yilning yanvar-aprel oylarida Uychi tumanining tashqi savdo aylanmasi 29,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,9 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 15,5 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 13,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Uychi tumanining qo'shgan ulushi 7,1 %ga to'g'ri kelmoqda.