2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan tumanida asosiy kapitalga 798,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 252,9 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan investitsiyalar hajmi 4133,2 ming so'mga yetgan. Shuningdek, investiyiya dasturi doirasida 2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan tumanda 18,2 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.