14/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatning Ukraina bilan tashqi savdo aylanmasi 3,5 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,5 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 2,2 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 1,3 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.

Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati 2024- yilning yanvar-aprel oylarida 72 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, savdo aylanmasida Ukraina davlatining ulushi 0,9 %ga to'g'ri kelgan.