19/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Chust tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 475,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,0 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 6,6 %i yirik korxonalar hamda 93,4 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 1 mln 659,2 ming so‘mni tashkil etgan.