Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi" (StatDastur) bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" boshlig'i A. Mutalov tomonidan Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining imkoniyatlari, uning ish jarayonida qo'llaniladigan vazifalari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar davomida "StatDastur" yordamida Statistika ishlari dasturida xodimlarga biriktirilgan vazifalarni nazorat qilish oson hamda qulay ekanligi, dasturning boshqa foydali jihatlari va uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati