19/06/2024

Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "Elektron katalog va undan foydalanish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" boshlig'i A. Mutalov tomonidan Statistika tizimida xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan "Elektron katalog" dasturi, uning vazifasi va imkoniyatlari hamda ish jarayonida qo'llanishi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida mazkur dasturning foydali jihatlari va uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi. 

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

  

Axborot xizmati