20/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Norin tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 263,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,2 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 4,5 %i yirik korxonalar hamda 95,5 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 1 mln 494,2 ming so‘mni tashkil etgan.