2024- yilning yanvar-aprel oylarida Chortoq tumanida 306,4 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,1 %ni tashkil etdi. Viloyat bo'yicha ko'rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida Chortoq tumanining qo'shgan hissasi 5,5 %ga to'g'ri kelmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha eng ko'p xizmatlar savdo, transport va moliyaviy sohalarda ko'rsatilgan.