24/06/2024

2024- yilning yanvar-may oylarida Yangi Namangan tumanida 613,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 127,8 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 97,0 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 227,1 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 29,5 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 6,5 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 29,6 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 13,3 mlrd. so‘m, va boshqa sohalada 82,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.