24/06/2024

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 23 ming 155,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,1 %), Xitoy (20,3 %), Turkiya (12,5 %), Qozog‘iston (10,9 %) hamda Pokiston (5,9 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yanvar-may oylarida xorijga 9,1 ming tona piyoz, 1,9 ming tonna karam, 1,3 tonna pomidor, 585,3 tonna uzum-mayiz, 295,5 tonna xurmo va boshqa meva-sabzavotlar eksport qilingan.