24/06/2024

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan jami 5,7 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,6 ming tonnaga ko‘paygan. Shuningdek, o‘tgan yanvar-may oylarida qo‘shni Tojikiston davlatiga qiymati 20,0 ming AQSH dollarilik 23 tonna yog‘ mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, Ukraina va Qozog‘iston davlatidan qiymati 40,0 ming AQSH dollarilik 44,3 tonna yog‘ mahsulotlari importi amalga oshirilgan.