Joriy yilning 20–21-iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 72-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va 56 aʼzo davlatlarning delegatsiyalari ishtirok etishdi.
Mazkur xalqaro konferensiyada Statistika agentligi direktori o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich ham qatnashdi.
Ikki kun davom etgan tadbirda statistikadagi asosiy qadriyatlar va ularning asosiy rasmiy statistika tamoyillari bilan uygʻunligi, geomanzilli va statistika ishlarini yoʻlga qoʻyishdagi strategik yoʻnalishlar boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, konferensiya jarayonida statistika ishlari faoliyatdagi bugungi kun dolzarb muammolari va istiqbollari, mustaqil maʼlumot taqdim etuvchilar bilan hamkorlik masalalarida muhokamalar oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, 2024-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Baxodir Abdusalomovich Yevropa statistiklari konferensiyasi Byurosi aʼzosi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Yevropa statistiklari konferensiyasi Byurosiga aʼzo boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va MDH mintaqasida (Armanistondan soʻng) ikkinchi davlatdir.
Matbuot xizmati