Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati jami 61 ta davlatdan 300,6 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
📊 Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 3,9 % ga kamaydi.
♻️ Xorijiy davlatlardan import qilingan tovar va xizmatlar tarkibi, %da:
🔷 Mashinalar va transport asbobuskunalari - 35,2 %,
🔷 Sanoat mahsulotlari - 20,0 %,
🔷 Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 17,9 %,
🔷 Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar - 12,3 %,
🔷 Boshqalar - 14,6 %ni tashkil etgan.
✅ Import tarkibida asosiy hamkor davlatlar;
- Xitoy - 38,4 %,
- Hindiston - 10,9 %,
- Rossiya - 9,7 %,
- Turkiya - 8,5 %,
- Qozog‘iston - 5,7 %,
- Germaniya - 4,0 %ni tashkil etgan.