28/06/2024

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 23 ming 155,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,1 %), Xitoy (20,3 %), Turkiya (12,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.