28/06/2024

2024- yilning 1- iyun holatiga Davlatobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 126 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 248,0 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127,1 %ni tashkil etgan. Qurilish ishlarining 96,0 %i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan.