01/07/2024

2024- yilning 1- iyun holatiga Uchqo‘rg‘on tumanida sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalari soni 32 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 5,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. O'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,6 %ga yetgan. Viloyat bo‘yicha sog‘likni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmida Uchqo‘rg‘on tumanining qo‘shgan ulushi 3,1 %ga to‘g‘ri kelmoqda.