2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 171,7 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
Tojikiston – 449,8 ming nafar;
Qozogʻiston – 322,5 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
Rossiya – 86,5 ming nafar;
Turkiya – 63,9 ming nafar;
BAA – 55,7 ming nafar;
Quvayt – 16,5 ming nafar;
Misr – 13,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.