2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 556 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,1 foiz ulushini tashkil etdi.
Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 494 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 636 ta
- Namangan tumani – 357 ta
- Kosonsoy tumani – 363 ta
- Chust tumani – 346 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 316 ta
- Uychi tumani – 292 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 264 ta
- Norin tumani – 242 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 229 ta
- Pop tumani – 212 ta
- Chortoq tumani – 184 ta
- Mingbuloq tumani – 115 ta