Joriy yilning 5- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida “Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari hamda e-Stat 4.0 dasturining vazifasi” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi yetakchi muhandis dasturchi O. Ismoilxo'jayev tomonidan Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari, bugungi kunda keng foydalanib kelinayotgan Office paket versiyalari hamda uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar davomida O. Ismoilxo'jayev tomonidan e-Stat 4.0 dasturi uning vazifasi, imkoniyatlari, foydali jihatlari va kamchiliklari hamda uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati