08/07/2024

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatning Pokiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,2 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,5 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 0,7 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.

Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati 2024- yilning yanvar-may oylarida 72 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, savdo aylanmasida Pokiston davlatining ulushi 0,4 %ga to'g'ri kelgan.