10/06/2025

2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 trillion 310,3 milliard so‘mni tashkil etdi. 

Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, yirik korxonalarning savdo hajmi 698,3 milliard so‘mni tashkil etdi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 127,2 foizga o‘sdi. Yirik korxonalar ulushi umumiy chakana savdo hajmining 9,6 foizini tashkil qilgan.

Mazkur raqamlar viloyat iqtisodiyotida yirik korxonalarning faoliyati barqaror rivojlanayotganini, ularning chakana savdo segmentida muhim o‘rin tutayotganini anglatadi.