07/06/2024

Joriy yilning 7- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 05.06.2024- yildagi “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-210-son Qarori haqida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Mazkur qarorga asosan joriy yil 1-iyulga qadar yuqoridagi «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantirilishi, Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda o‘rganilishini tashkil etishi belgilanganligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashabbusiga yoki davlat organlari va tashkilotlarining onlayn so‘roviga asosan “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanishi, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berilishini hamda 2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlanishi haqida ma’lumotlar  berildi.

 Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.