Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.06.2024- yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-89-son Farmoni haqida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur farmonga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibini joriy etilishi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritilishi, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berilishi belgilanganligini, shuningdek, tergov sudyasiga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik, iltimosnoma, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘yicha sanksiyalarni hamda ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha majburlov choralarini qo‘llash vakolati berilishi tushuntirildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.