Joriy yilning 28- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida joriy yilning iyun oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 5 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 18 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.