2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 189 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 525 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 708 ta
- Chust tumani – 118 ta
- Uychi tumani – 106 ta
- Namangan tumani – 96 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 492 ta
- sanoat sohasida – 275 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 249 ta
- qurilish sohasida – 220 ta
- tashish va saqlash sohasida – 112 ta