Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 2023- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 88,2 foizni tashkil etdi.
So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
- 2020- yilda – 5 776 ta
- 2021- yilda – 6 984 ta
- 2022- yilda – 7 386 ta
- 2023- yilda – 5 166 ta
- 2024- yilda – 4 556 ta