2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 704 tani tashkil etgan.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 280 ta
- Chust tumani – 58 ta
- Pop tumani – 48 ta
- Namangan tumani – 45 ta
Shuningdek, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida bu sohada 49 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.