2024-yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlardan qiymati 300,6 mln. AQSH dollarilik tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan bo'lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 96,1 % ni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,2 %), sanoat tovarlari (20,0 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (12,3 %) hisobiga toʻgʻri keldi.