17/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 23,4 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

📉 YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 111,7 % ni tashkil qildi.

👨‍👩‍👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 7 mln 597,2 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,6 % ga yuqoridir.

♻️ Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:

🏭 Sanoat - 109,8 %
⚒ Xizmatlar - 108,8 %
🏗 Qurilish - 108,1 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -103,3 %ni tashkil etgan.

✅ Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,1 % ga to‘g‘ri kelgan.