17/07/2024

2024- yilning 1- iyul holatiga Uychi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 533 tani tashkil etib, shundan 1 270 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to'g'ri kelgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo sohasida 453 ta hamda sanoat sohasida 291 tani qayd etilgan.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Uychi tumanida jami 102 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.