2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 16 trln 708,7 mlrd so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 181,2 %ni tashkil etgan.
♻️ Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;
🔸 To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 12 trln 166,2 mlrd so‘m,
🔸 Korxonalar mablag‘i (mahalliy byudjet mablag‘larini qo'shgan holda) - 2 trln 417,7 mlrd so‘m,
🔸 Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari - 199,3 mlrd so‘m,
🔸 Aholi mablag‘lari - 1 trln 144,1 mlrd so‘m,
🔸 O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 365,9 mlrd so‘m,
🔸 Respublika budjeti - 415,3 mlrd so‘m
🔸 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari - 0,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.