18/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida jami 2 251 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 852 ta
  • sanoat sohasida – 445 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 209 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 150 ta
  • qurilish sohasida – 92 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 75 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 65 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 49 ta
  • boshqa sohalarda – 314 ta