Joriy yilning 24- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 18.03.2024- yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-822-son Qonuni haqida tushuncha berildi.
Ushbu Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini, xususan, ish staji to‘liq bo‘lmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi, fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni so‘rab o‘z tanloviga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza bilan, yashash joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida so‘rovnoma to‘ldirgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma to‘ldirgan holda, murojaat etishi mumkinligi, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar ular kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishini, pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda besh kun ichida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani berishi yoki jo‘natishi, murojaat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilgan bo‘lsa, qaror chiqarilgan kunning o‘zida murojaat qilgan shaxsga rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini ko‘rsatgan holda xabar yuborilishini ham tushuntirdi.
Shuningdek, seminarda ushbu Qonun bilan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish uchun asos fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishi, bunday to‘lovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to‘lanishi belgilanganligini ham seminarda ishtirokchilarga tushuntirildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.