Joriy yilning 19- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024- yildagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori haqida tushuncha berildi.
Ushbu qaror bilan tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilishini va yoshlarga ijaraga berilishi, yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilishi, zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanishi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi, oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro, huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan yoshlar, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro, I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sog‘lom farzandi, nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan shug‘ullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri), ota-onalardan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqarolar 2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasiga kiritilganligini aytib o‘tildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.