Joriy yilning 5- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2024- yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-149-son Qarori haqida tushuncha berildi.
Ushbu qaror aholining bandligini ta’minlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida qabul qilinganligini, 2024-yil 1-apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;
- yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;
- 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratilishi belgilanganligini aytildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroridagi “oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kreditlar 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga”, “chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga” o‘zgartirilganligi haqida ham tushunchalar berildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.