2024- yilning 22-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrishi, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirishi, huquqiy tarbiya va taʼlimni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yoʻli bilan zarur chora-tadbirlar koʻrishi haqida tushunchalar berib oʻtildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.