24/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida investitsiya dasturi doirasida jami 533,1 ming kvadrat metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5 %ni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko‘p foydalanishga topshirilga turar joylar Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on va Chust tumanlarida qayd etilgan.