24/07/2024

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Pop tumanining doimiy aholisi soni 237,5 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- iyul holatiga nisbatan 4,2 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 50,3 %ini erkaklar 49,7 %ini ayollar tashkil etgan. 2024- yilning yanvar-iyun oylarida tug‘ilganlar soni 2 560 kishini, vafot etganlar soni 573 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 570 ta nikohlar va 166 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 141 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 300 kishini tashkil qilgan.