25/07/2024

Mahalliylashtirish dastur doirasida kiritilgan 130 ta loyiha bo‘yicha joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 900,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,8 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Joriy yilning 6 oyida dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 13,2 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilinishi ta’minlangan.