Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan jami 51 ta davlatga 304,0 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 15,5 % ga ko‘paydi.
Eksport tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Rossiya - 60,9 %,
- Qirg'iziston - 11,6 %,
- Xitoy - 6,5 %,
- Turkiya - 3,9 %,
- Qozog‘iston - 3,7 %,
- Germaniya - 2,0 %,
- Polsha - 1,4 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.