2023- yilda Namangan viloyatida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 7,8 ming tonnani tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 8,0 ming tonnaga kamaygan.
Atmosferaga eng ko‘p ifloslantiruvchi moddalar chiqargan hududlar; Namangan shahri – 3,7 ming tonna, To‘raqo‘rg‘on tumani – 2,2 ming tonnani, eng kami esa Minbuloq, Norin hamda Yangiqo‘rg‘on tumanlarida – 0,1 ming tonna qayd etilgan.