26/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida asosiy kapitalga 1 trln 855,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 205,4 % ni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 92,1 %i chet el investitsiyalari va kreditlari hissobiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, investiyiya dasturi doirasida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanda 28,0 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.