29/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 3580,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

Yirik qurilish tashkilotlari - 7,3

Norasmiy sektor - 30,0

Kichik korxona va mikrofirmalar - 62,7

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.