2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 252,6 ming. soʻmga yetgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 8,0 % ga oshgan.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi eng ko'pi Namangan shahrida 6 029,1 ming. soʻmni tashkil etgan. Eng quyi esa Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 010,7 ming. soʻmdan to'g'ri kelganligi qayd etilgan.