2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatning Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 219,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 60,1 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 185,1 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 34,0 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati 2024- yilning yanvar-iyun oylarida 72 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, savdo aylanmasida Rossiya davlatining ulushi 33,5 % bilan yuqori o’rinni egallagan