2024- yilning yanvar-iyun oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanining tashqi savdo aylanmasi 82,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,9 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 51,9 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 30,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida To‘raqo‘rg‘on tumanining qo'shgan ulushi 12,6 %ga to'g'ri kelmoqda.