01/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln. 453 ming so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yilga nisbatan 128,2 %ga yetgan. Hududlar bo‘yicha savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahrida 5 mln 170,3 ming so‘mda kuzatildi.